«bashar asad» tegli maqolalar


Turk OAV Bashar Asadning rafiqasi ajrashishga ariza bergani haqida yozdi, Kreml buni rad etmoqda
23 dekabr 2024, 17:02

Turk OAV Bashar Asadning rafiqasi ajrashishga ariza bergani haqida yozdi, Kreml buni rad etmoqda

Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad ajrashish uchun ariza berdi, u sog‘lig‘idagi muammolar sababli Moskvadan o‘zi tug‘ilgan Londonga ketmoqchi, deb yozdi Haberturk nashri. Rossiya prezidenti matbuot kotibi esa bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytmoqda.

“Boshpana so‘rash yoki iste’fo haqida o‘ylamaganman”. Bashar Asad Moskvadan maktub yo‘lladi
16 dekabr 2024, 19:18

“Boshpana so‘rash yoki iste’fo haqida o‘ylamaganman”. Bashar Asad Moskvadan maktub yo‘lladi

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad Moskvadan maktub e’lon qilib, u “oxirigacha Suriyani tark etmoqchi bo‘lmagani, bu voqealar paytida iste’foga chiqish yoki boshpana so‘rash haqida o‘ylamagani”ni aytdi. Asadning ta’kidlashicha, aynan Moskva uni mamlakatdan zudlik bilan evakuatsiya qilishni so‘ragan.

Suriya muvaqqat hukumatiga Muhammad al-Bashir rahbar bo‘ldi
10 dekabr 2024, 19:15

Suriya muvaqqat hukumatiga Muhammad al-Bashir rahbar bo‘ldi

Suriyaning o‘tish davri hukumatiga Muhammad al-Bashir rahbar bo‘ldi. U 2025-yil 1-martgacha bosh vazir vazifasini bajaradi. U avval Suriya muxolifati tomonidan tuzilgan muqobil Najot hukumatini boshqargan.

Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga uchib keldi
8 dekabr 2024, 22:55

Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga uchib keldi

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga uchib keldi, deb yozmoqda TASS Kremldagi manbasiga tayanib. Ta’kidlanishicha, Rossiya insonparvarlik nuqtai nazaridan ularga boshpana bergan.

Mamlakatlar Suriyada Bashar Asad rejimi qulaganini qanday qarshiladi?
8 dekabr 2024, 21:42

Mamlakatlar Suriyada Bashar Asad rejimi qulaganini qanday qarshiladi?

Suriyada isyonchilar Damashqni egallab, prezident Bashar Asad rejimini ag‘dardi. Mamlakatdan qochib ketgan prezidentning qayerdaligi noma’lum. Dunyo mamlakatlari yetakchilari uning hokimiyati qulagani haqida nima demoqda? Tafsilotlar.

Prezident Asad Damashqni tark etdi — OAV
8 dekabr 2024, 10:52

Prezident Asad Damashqni tark etdi — OAV

Isyonchilar hujumlari oqibatida Suriyada prezident Bashar Asadning 24 yillik avtoritar boshqaruvi tugadi, u Damashqni noma’lum yo‘nalishda tark etdi, deb yozmoqda OAV o‘z manbalariga tayanib. Mamlakat bosh vaziri hokimiyatni topshirishga tayyor ekanini bildirdi.

“Prezident Asadga Suriya taqdirini birga hal qilishni taklif etdik, lekin ijobiy javob olmadik” — Erdog‘an
6 dekabr 2024, 19:39

“Prezident Asadga Suriya taqdirini birga hal qilishni taklif etdik, lekin ijobiy javob olmadik” — Erdog‘an

Turkiya yetakchisi Erdog‘an Suriya prezidenti Bashar Asadga isyon bilan bog‘liq vaziyatni birgalikda tartibga solishni taklif qilgani, ammo ijobiy javob olmaganini aytdi. “Idlib, Hama, Homs va, albatta, maqsad Damashq. Muxolifatning yurishi, umid qilamizki, muammolarsiz davom etadi”, — dedi u.

Fransiya Suriya prezidentini hibsga olishga order berdi
15 noyabr 2023, 22:30

Fransiya Suriya prezidentini hibsga olishga order berdi

Fransiya sudi Suriya prezidenti Bashar Asadni hibsga olishga xalqaro order berdi. U 2013-yilda kimyoviy qurol qo‘llash bilan bog‘liq insoniyatga qarshi jinoyatda ayblanmoqda.

Bashar Asad to‘rtinchi marotaba Suriya prezidenti etib saylandi
28 may 2021, 10:07

Bashar Asad to‘rtinchi marotaba Suriya prezidenti etib saylandi

Suriyadagi prezident saylovlarida amaldagi davlat rahbari Bashar Asad 95,1% natija bilan g‘alaba qozondi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatni boshqarib kelmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting